Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.09.2018 16:45 Chop etish versiyasi

“Internet-gigantlari oʻz daromadlaridan matbuotga ulush bersin!”

“Internet-gigantlari oʻz daromadlaridan matbuotga ulush bersin!” Jahonga mashhur axborot agentliklari Yevroparlamentga shunday murojaat bilan chiqdi

Gʻarbning 18 ta axborot agentligi (ular orasida TT, “Frans Press”,“Anadoʻli”axborot agentliklari bor) rahbarlari Yevroparlamentga murojaat bilan chiqdi. Ular daʼvosiga koʻra, jurnalistlar mehnatini“Amazone”, “Google” va“Facebook” kabi internet-gigantlari suʼistemol qilmoqda.

“Matbuotyashab qolishi uchun internet-gigantlarioʻz daromadlaridan ulush ajratishi lozim.Ommaviy axborot vositalari tomonidan yaratilgan materiallar, reklamalardan tushayotgan daromadlarni “Google” va “Facebook” monopollashtirayotgan ekan, koʻrilgan foydaning maʼlum qismini matbuotga taqsimlash adolatli boʻladi. Va bu taklif Yevropaning mualliflik huquqini himoya qilishdirektivasi tomonidanmaʼqullangan ham...

“Google” va“Facebook” internetdagi global koʻlamdagi reklama investitsiyalarining 80 foizini oʻzlashtirgan. Matbuotning esa reklamadan koʻradigan daromadi yildan-yilga kamayib ketmoqda. Misol uchun, 2000 yildaFransiya bosma nashrlariningreklamadan oladigan foydasi 70 foizga kamayib, oqibatda minglab jurnalistlar ishsiz qolgan. AQSHda ham shunday holat kuzatilib,soʻnggi oʻn yildatahririyatlarda ish oʻrni 45 foizgacha qisqarib ketgan...”

RIA Novostining yozishicha, shu kabi talab va takliflar aks etgan murojaat matni Afina axborot agentligi tomonidan chop etilgan boʻlib, joriy yilning 12 sentyabrida Yevroparlamentdeputatlari matbuot manfaatiga aloqador ushbu masalani koʻribchiqishikutilmoqda.

Malohat Husanova, OʻzA
1 507