O‘zA O`zbek

01.07.2020 Chop etish versiyasi

Indoneziyada shahar meri COVID-19 tarqalib ketgani uchun shifokorlar qarshisida tiz choʻkib uzr soʻradi

Indoneziyada shahar meri COVID-19 tarqalib ketgani uchun shifokorlar qarshisida tiz choʻkib uzr soʻradi

Indoneziyadagi Surabaya shahri meri Tri Rismaxarini shaharda COVID-19 infeksiyasidan kasallanish holatlari keskin oshib ketgani ortidan yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat uchun kasalxona direktori va shifokorlar qarshisida tiz choʻkib yigʻladi va uzr soʻradi. Jakarta Post gazetasining yozishicha, Surabaya Indoneziyada koronavirus eng koʻp tarqalgan shahardir.

Nashrning maʼlum qilishicha, Sharqiy Yava viloyatining maʼmuriy markazi boʻlmish Surabaya shahri meri Indoneziya tibbiyot assotsiatsiyasi hamda mahalliy hokimiyat bilan uchrashuv oʻtkazgan va koronavirusning tarqalib ketishi masalasini muhokama etgan.

Vrach-pulmonolog mer bilan uchrashuvda oʻzi ishlaydigan mahalliy kasalxona koronavirusga chalingan bemorlar bilan toʻlib ketgani haqida gapirib bergandan keyin shahar meri shifokorlar qarshisida tiz choʻkib ulardan uzr soʻragan.

Sharqiy Yava Indoneziyada tarqalgan koronavirusning eng yirik oʻchogʻi hisoblanadi, viloyatda infeksiya yuqtirganlarning yarmi Surabaya shahriga toʻgʻri keladi.

2 308
OʻzA