O‘zA O`zbek

09.07.2019 Chop etish versiyasi

Huquqshunoslar o‘g‘irlik uchun chiqarilgan hukmni bekor qilishmoqchi

Huquqshunoslar o‘g‘irlik uchun chiqarilgan hukmni bekor qilishmoqchi

Qirg‘izistonning “To‘qmoq” shahrida istiqomat qiluvchi Zamir Qojokanov dorixonaga o‘g‘irlikka tushib 350 AQSh dollarni olib ketdi. Shunga qaramay erkakning o‘zi politsiyaga taslim bo‘ldi, o‘g‘irlik uchun u besh yil qamoqqa hukm qilindi va o‘g‘irlaganidan salkam uch barobar ko‘p miqdorda – 1000 dollarga jarimaga tortildi.

Zamirning so‘zlariga qaraganda, u qizi uchun dori sotib olishga puli yetmagani bois o‘g‘irlik qilishga majbur bo‘lgan. Ammo o‘g‘irlikni sodir etib bo‘lganidan keyin noto‘g‘ri qilganini tan olgan va pushaymon bo‘lgan.

Zamir Qojokanovning taqdiri ijtimoiy tarmoqda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilarning ko‘pchiligi sud shafqatsiz hukmni qayta ko‘rib chiqishi va jazoni yumshatishiga umid qilmoqda.

Zamir onasining aytishicha, o‘g‘irlik yuz bergan kuni o‘g‘li qiziga dori sotib olish uchun dorixonaga kirgan, ammo o‘sha vaqtda yonida puli bo‘lmagan. Dorixonada Zamir garov uchun o‘zining kurtkasini taklif qilgan, biroq dorixonachi bunga rozi bo‘lmagan. Zamir ko‘p o‘tmay dorixonaga qaytib kelgan, farmasevtni itarib yuborgan va kassada bo‘lgan 350 AQSh dollar pullarni yig‘ishtirib olgan. Ammo u o‘sha zahotiyoq qilgan ishidan pushaymon bo‘lgan, oradan bir necha kun o‘tgach esa militsiyaga taslim bo‘lgan.

Zamir besh yil qamoq jazosi va 70 ming som (1000 AQSh dollar) jarimaga tortildi, bu o‘g‘irlangan pulidan salkam uch barobar ko‘p degani.

Zamirning ishi bilan shug‘ullanayotgan yuristlar sud qarori ustidan shikoyat qilmoqchi. Agar hukm kuchida qoladigan bo‘lsa, Zamirning uch nafar bolasi otasisiz qiynalib qoladi.

527
O‘zA