O‘zA O`zbek

04.10.2018 Chop etish versiyasi

Hukumat siyosatchilar fikrlariga eʼtibor qaratmoqchi emas

Hukumat siyosatchilar fikrlariga eʼtibor qaratmoqchi emas

Italiya hukumati mamlakatning 2019 yilgi byudjetini qabul qilishda Yevrokomissiyaning ham, boshqa davlatlar siyosatchilari fikrlariga ham eʼtibor qaratmoqchi emas. 

Bu haqda “Canale5”ga bergan intervyusida Italiya vitse-premyeri Matteo Salvini maʼlum qilgan. 

“Men Italiyani Yevropaning qahramoni sifatida koʻrishni istayman. Bizning fransuzlardan ham, nemislardan ham oʻrganadigan joyimiz yoʻq”, degan Salvini, fikrini davom ettirib, “Ehtimol, kimdir Italiyani muhojirlar toʻlib-toshgan ojiz davlat sifatida koʻrishni istar, lekin hukumatimiz bunga yoʻl qoʻymaydi”, deb taʼkidlagan.

1 561
OʻzA