O‘zA O`zbek

21.09.2020 Chop etish versiyasi

Hindistonda uy qulab tushib halok boʻlganlar soni 10 nafarga yetdi

Hindistonda uy qulab tushib halok boʻlganlar soni 10 nafarga yetdi

Hindiston janubidagi Maxarashtra shtatida uch qavatli uy oʻpirilishi natijasida 10 kishi qurbon benrilgani aytilmoqda. Bu haqda mamlakat tabiiy ofatlarga qarshi kurashish xizmati maʼlumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar tarqatgan.

Avvalroq hodisa payti 8 inson halok boʻlgani aniqlangan edi.

“20 ga yaqin jabrlanuvchi mahalliy aholi vakillari tomonidan qutqarildi. Afsuski, hali vayrona ostida taxminan 20-25 kishi boʻlishi mumkin”, - degan qutqaruv xizmati vakili “NDTV” telekanali muxbiriga bergan intervyusida.

Dastlabki xulosaga qaraganda, bino mahalliy vaqt bilan tungi 3.40da qulagan.

Mutaxassislar tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, ularga maxsus oʻrgatilgan itlar yordam beryapti.


2 442
O'zA