O‘zA O`zbek

25.08.2018 14:17 Chop etish versiyasi

Hindistonda suv toshqini oqibatida 12 kishi halok boʻldi

Hindistonda suv toshqini oqibatida 12 kishi halok boʻldi
Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida soʻnggi ikki kunda 12 kishi halok boʻldi.

Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

Kuchli sel avtomobilni izdan chiqarishi tufayli bir oilaning oʻzidan 4 kishi halok boʻlgani aytilmoqda.

Ayni paytda kuchli yomgʻir Hindistonning 21 shtatini qamrab olgan. Meteorologiya xizmatining maʻlum qilishicha, bu kabi toshqinlar yana bir necha kun davom etadi.

Maʻlumot oʻrnida, uch oydan buyon davom etayotgan musson yomgʻirlari mamlakatning Janubi-gʻarbida joylashgan Kerala shtatida 400 dan ziyod insonning umriga zomin boʻlgan.

Dilobar Mamatova, OʻzA
1 355