Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi arafasida mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi tomonidan “Business opportunities of Uzbekistan” (“Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari”) maxsus nashri tarqatildi.

Nashrning oʻn ikki boʻlimida “Nima uchun Oʻzbekistonga investitsiya kiritish kerak”, “Mikroiqtisodiy koʻrsatkichlar va tashqi savdo”, “Infratuzilma”, “Agro-sanoat majmuasi”, “Bozor”, “Eksport imkoniyatlari”, “Biznesni yuritish boʻyicha Jahon banki reytingida Oʻzbekistonning oʻrni”, “Xorijiy investitsiyalarning kafolati va himoyasi”, “Soliq siyosati”, “Xorijiy investorlar uchun imtiyozlar va preferensiyalar” kabi mavzular yoritilgan. Alohida bobda “Angren”, “Gʻijduvon”, “Xazorasp”, “Jizzax”, “Qoʻqon”, “Navoiy”, “Namangan”, “Urgut” hamda farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari va ulardagi istiqbolli yoʻnalishlar toʻgʻrisida hikoya qilinadi. 

Jurnal Oʻzbekistonda biznesni yuritish imkoniyatlarini batafsil tahlil qilish va baholash uchun koʻplab infografika, jadvallar, reyting va yigʻma maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan. Nashr biznes forumlar, muzokaralar, V2V tadbirlari va taqdimotlarda xorijiy investorlar uchun manzilli tarqatishga moʻljallangan. 

Bugungi kunda Hindistonda Oʻzbekistonda biznes yuritishga qiziqish ortganligi kuzatilmoqda. Dehli va Toshkentda qator biznes forumlar va Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha ikki tomonlama komissiya majlislari boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi arafasida oʻtkazilayotgan Hindiston-Oʻzbekiston biznes forumi ikki mamlakatning 300 dan ziyod ishbilarmonlarini jamlaydi, shuningdek, “Made in Uzbekistan” koʻrgazmasini namoyish etadi. Biznes forum doirasida iqtisodiyotning yetakchi yoʻnalishlarida yirik investitsiya loyihalarining imzolanishi kutilmoqda. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonda Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati toʻgʻrisidagi maxsus nashr tarqatildi