O‘zA O`zbek

10.07.2020 Chop etish versiyasi

Hindistonda koronavirusga uchraganlar 800 mingdan oshgani eʼlon qilindi

Hindistonda koronavirusga uchraganlar 800 mingdan oshgani eʼlon qilindi

Kechagi kun davomida Hindistonda virus yuqtirganlar soni bir yoʻla 26,5 mingga ortdi va bu boradagi umumiy raqam 793 802 ni tashkil etdi. Ushbu maʼlumotni mamlakat Sogʻliqni saqlash va oilaviy osoyishtalik vazirligi tasdiqlagan.

Hozir Hindiston koronavirusga uchraganlar soniga koʻra dunyoda AQSH va Braziliyadan keyin 3-oʻrinni egallab turibdi. Soʻnggi xabarlarga qaraganda, mamlakatda ushbu xastalikdan 276 685 kishi muolaja olyapti, 495 512 bemor sogʻaydi (mazkur ijobiy koʻrsatkich bir sutkada 19 135 taga koʻpaygan), 21 604 inson vafot etdi. Oxirgi 24 soat davomida 475 hindistonlik COVID-19 tufayli hayot bilan vidolashdi.

Koronavirus bilan bogʻliq statistikada soʻnggi bir hafta mobaynida Hindistonda salbiy koʻrsatkichlar muttasil oshgani aks etgan. Masalan oxirgi uch kunda kasallik sonining oʻsish darajasi mos ravishda 22,7, 24,8 va 26,5 ming koʻrinishida koʻtarilib borgan.

Shunga qaramasdan, Hindiston hukumati mamlakatda koronavirusdan oʻlim holati dunyo boʻyicha eng past koʻrsatkichlardan biri, deya bong urmoqda. Ayni statistika har million kishiga toʻgʻri keladigan qurbonlar soniga koʻra baholanmoqda. Aniqrogʻi, keyingi kunlarda Hindistonda har bir million aholiga nisbatan virus yuqishi holati oʻrtacha 538, oʻlim bilan yakunlanish natijasi esa 15 kishiga toʻgʻri kelyapti. Shunday mamlakatlar ham borki, u yerda Hindistonga nisbatan kasallanish 16-17 baravar, oʻlim esa qariyb 40 baravar koʻp.

Darvoqe, Hindiston karantin qoidalarini buzgan fuqarolarga nisbatan dunyo boʻyicha eng keskin jazo choralarini qoʻllayotgan davlatlardan biri sifatida eʼtirof etilgan.

1 534
OʻzA