O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Hindistonda koronavirusga chalinish holati 900 dan oshib ketdi

Hindistonda koronavirusga chalinish holati 900 dan oshib ketdi

Hindiston sogʻliqni saqlash va oilaviy farovonlik vazirligining maʼlum qilishicha, shanba kun ertalab koronavirusdan 873 nafar bemor qayd qilingan edi, shu kuni kechga borib 909 kishi kasallangani maʼlum boʻlgan.
28-mart kuni 862 nafar hindistonlik va 47 ta xorijlik kasallangan, 80 kishi tuzalib, kasalxonadan javob berilgan.
Koronavirusga chalinish holatlari ayniqsa, mamlakatning markaziy qismi Maxarashtra shtatida qayd etildi. Bu yerda 177 nafar mahalliy aholi va uch nafar chet ellik xastalangan. Undan keyin Kerala va Karnatakada virusga chalinish holati koʻp qayd etilyapti. Mamlakat boʻyicha 19 kishi ofat qurboni boʻldi.
Avvalroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi umummilliy karantin eʼlon qilgan edi. Ushbu tartib butun mamlakat boʻylab 25-martdan boshlandi va 21 kun davom etadi. Hukumat aholini jiddiy sabab boʻlmasa koʻchaga chiqmaslikka chaqirmoqda. Jamoat transportlari, metro va temir yoʻl harakatida cheklovlar joriy qilingan. Faqat politsiyachilar, tibbiyot xodimlari, oʻt oʻchiruvchilar va kommunal xizmatchilar, telekommunikatsiya hamda pochta xizmatchilari, jurnalistlar, oziq-ovqat va dori-darmon onlayn-savdosi ushbu cheklovlardan mustasno.


872
OʻzA