O‘zA O`zbek

05.09.2018 12:05 Chop etish versiyasi

Hindiston: Yoʻl transport hodisasida 9 kishi halok boʻldi

Hindiston: Yoʻl transport hodisasida 9 kishi halok boʻldi

Shimoliy Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Aligarx shahri yaqinida avtobus bilan sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi oqibatida 9 kishi halok boʻldi, 40 dan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohati oldi. Bu haqda RIA tarqatgan maʼlumotga asoslanib Trend az xabar bermoqda.

Hindustan Times nashrining qayt etishicha, baxtsiz hodisa shaharning Agra avtomobil yoʻlida, Aligarx – Firozobod yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan avtobus va shtatning gʻarbiy qismidagi Sasn shahridan yoʻlga chiqqan mikroavtobus toʻqnashishi oqibatida yuz bergan.

Dastlabki surishtiruv natijalariga koʻra, mikroavtobus haydovchisining boshqaruvni yoʻqotib, xususiy avtobusga urilishi baxtsiz hodisaning asosiy sababi sifatida baholanmoqda.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA
1 624