O‘zA O`zbek

14.08.2018 12:26 Chop etish versiyasi

Hindiston Xitoy kompaniyasining taklifiga e’tiroz bildirmoqda

Hindiston Xitoy kompaniyasining taklifiga e’tiroz bildirmoqda

Hindiston ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarga ko‘ra, mamlakat hukumati Xitoy kompaniyasining hind rupiyasini bosib chiqish haqidagi taklifiga jiddiy e’tiroz bildirmoqda.

“The South China Morning Post” (Janubiy Xitoy tonggi gazetasi) Xitoy kompaniyasi shartnoma asosida xalqaro valyutalarni, jumladan, Hindiston rupiyasini ham bosib chiqarishi haqida xabar bergan. Ushbu xabar global axborot tarmoqlarida yashin tezligida tarqaldi hamda bu faoliyat dunyo xalqlarining milliy xavfsizligiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin, degan bahslarga sabab bo‘ldi.

Hindiston rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda barcha valyutalar to‘rtta yuqori texnologiyali uskunalarda bosib chiqariladi. Bu faoliyat yuzasidan hukumat hech qanday tashqi yordamga muhtoj emas.

Z.Mirzaboyeva, O‘zA
1 691