O‘zA O`zbek

10.10.2018 Chop etish versiyasi

Hindiston Prezidenti Ram Nath Kovind Tojikistonga keldi

Hindiston Prezidenti Ram Nath Kovind Tojikistonga keldi

Davlat tashrifi doirasida hamkorlik toʻgʻrisida 10 ta yangi hujjat imzolandi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, Emomali Rahmon va Ram Nath Kovind ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasida tabiiy ofatlarni boshqarish, fazoviy texnologiyalarni tinch maqsadlarida foydalanish sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlarni imzoladi. Hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlar energetika, qishloq xoʻjaligi va boshqa muassasalar tomonidan ham imzolandi.

Emomali Rahmonning soʻzlariga qaraganda, mamlakatda 200 dan ortiq mineral manbalar va 18 ta davolash koʻllari, shuningdek 3,5 mingdan ortiq dorivor oʻsimliklarning turlari mavjud boʻlib, bular “Hindiston bilan sogʻliqni saqlash va sogʻlomlashtirish turizmi sohasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, diagnostik va klinik markazlar, farmatsevtik korxonalarni tashkil qilish imkonini beradi”.

Emomali Rahmon bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Ram Nath Kovind jurnalistlarga Hindiston Tojikistonga ikki tomon oʻrtasida belgilangan taraqqiyot loyihalari uchun 20 million dollar begʻaraz yordam berishini maʼlum qildi.

2 447
OʻzA