Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.08.2018 15:25 Chop etish versiyasi

Hindiston fazoga uchuvchilar missiyasini jo‘natishni rejalashtirmoqda

Hindiston fazoga uchuvchilar missiyasini jo‘natishni rejalashtirmoqda
Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi 15-avgust kuni omma oldidagi chiqishida hukumat 2022-yilgacha fazoga o‘z uchuvchilar missiyasini jo‘natishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Bosh vazir mamlakat mustaqilligi bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tantanada so‘zlagan nutqida “Biz 2022-yilga qadar yoki undan avvalroq hind xalqining kosmosga parvozini rejalashtirdik. Endi hind farzandi qo‘lida mamlakat bayrog‘ini tutgan holda fazoga chiqadi. Men xalqimiz oldida ushbu yangilikni e’lon qilishdan mamnunman”, – deb ta’kidlagan.

Mamlakat mustaqillikka erishgandan buyon o‘z kosmik dasturi ustida jiddiy izlanishlar olib bormoqda. Ilmiy izlanishlar kosmik tadqiqotlar davlat idorasi rahbarligi ostida amalga oshirilmoqda. 

Hindistonning hozirgi kosmik tadqiqotlarida “Chandrayan-2“ asosiy loyiha hisoblanadi. Bu loyiha 2008-yilda oyga yuborilgan uskuna “Chandrayan-1“ loyihasining davomidir. “Chandrayan-2“ loyihasiga ko‘ra, mamlakat oyga avtomatlashtirilgan stansiya jo‘natishni mo‘ljallagan.

Eslatib o‘tamiz, jahondagi faqat uch mamlakat – Rossiya, AQSH va Xitoy fazogirlari oyga qadam qo‘ygan, – deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Zuhra Mirzaboyeva, O‘zA
1 735