O‘zA O`zbek

11.10.2018 Chop etish versiyasi

Habib Nurmagomedovga “Dogʻiston xalq qahramoni” unvoni va “Oltin burgut” nishoni beriladi

Habib Nurmagomedovga “Dogʻiston xalq qahramoni” unvoni va “Oltin burgut” nishoni beriladi

Mutlaq janglar chempionati “UFC”ning yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedovga “Dogʻiston xalq qahramoni” unvoni va “Oltin burgut” nishoni beriladi. “Regnum” agentligi xabariga koʻra, bu haqda polkovnik Magomed Tankayev nomidagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash fondi maʼlum qilgan. 

Aytish joizki, respublikaning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan fuqarolarga beriluvchi bu mukofot 13 yil avval imom Shomil nomli xalqaro fond tomonidan taʼsis qilingan. 

2 147
OʻzA