O‘zA O`zbek

01.02.2019 Chop etish versiyasi

Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor oʻrtasida revansh boʻladi, biroq...

Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor oʻrtasida revansh boʻladi, biroq...

UFC prezidenti Dana Uayt soʻzlariga koʻra, rossiyalik chempion Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor oʻrtasida revansh jang oʻtkazilishi mumkin.

– Nurmagomedovning diskvalifikatsiyasi bor. Oʻylaymanki bundan oldin Habib Toni Fergyuson bilan uchrashishi kerak. Konor esa “Kovboy” Donald Serrone bilan urushsin. Agar ularning har ikkisi ham gʻalaba qozonsa, biz revansh tashkil qilamiz, – deydi Uayt.

Eslatib oʻtamiz bu sportchilarning birinchi toʻqnashuvi 2018 yil 6 oktyabr kuni Las-Vegasdagi “T-Mobile Arena”sida boʻlib oʻtgan va oʻshanda Nurmagomedov toʻrtinchi raundda raqibini ogʻrituvchi usul bilan nokautga uchratgan edi. Jangdan soʻng boʻlgan mushtlashuv sabab bu ikki jangchi diskvalifikatsiya muddatini oʻtashlariga toʻgʻri keladi.

1 409
Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA