O‘zA O`zbek

21.06.2018 17:49 Chop etish versiyasi

Guterresh: Yaqin orada qurol-yarog‘ insoniyat nazoratidan chiqishi mumkin

Guterresh: Yaqin orada qurol-yarog‘ insoniyat nazoratidan chiqishi mumkin
BMT Bosh kotibi Antonio Guterreshning aytishicha, dunyo qurol tizimi insonlar nazoratidan chiqishiga oz muddatlar qoldi, ammo voqealarning bunday rivojlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqida RIA Novosti xabar bermoqda. 

"Bizning asosiy prinsipimiz bor - biz qurol tizimini insoniyat nazoratidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Lekin, bu ehtimoldan xoli emas", dedi Bosh kotib "Valday" xalqaro muhokamalar klubida so‘zlagan nutqida. 

"Bu meni juda qiziqtiradigan masala va xalqaro hamjamiyat ham bunga e’tibor qaratishi lozim. Men Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarni bu borada o‘z vazifalarini bajarishlariga undashim mumkin", dedi Guterresh. 

2 509