O‘zA O`zbek

10.10.2018 Chop etish versiyasi

Gurbanguli Berdimuhamedovga mukofot topshirildi

Gurbanguli Berdimuhamedovga mukofot topshirildi

Ashxobodda boʻlib oʻtgan Osiyo-Tinch okeani teleradio uzatishlar uyushmasi (ABU) Bosh Assambleyasi majlisida mintaqada OAV rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Gurbanguli Berdimuhamedovga mukofot topshirildi.

Turkmaniston davlat matbuotining maʼlum qilishicha, mukofot Berdimuhamedovning Osiyo-Tinch okeani teleradio uzatishlar uyushmasi Bosh kotibi Djavada Mottagi, ABUning amaldagi prezidenti, Hindiston davlat telekanali bosh direktori Doordarshan Supriyu Saxu va ABU vitse-prezidenti, Yaponiya teleradio uzatishlar korporatsiyasi (NHK) prezidenti Rioichi Ueda bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvidan soʻng topshirildi.

1 820
OʻzA