O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

Guaydo tarafdorlari Venesuelaning AQSHdagi elchixonasi hisoblarini qoʻlga kiritdi

Guaydo tarafdorlari Venesuelaning AQSHdagi elchixonasi hisoblarini qoʻlga kiritdi

Oʻzini vaqtincha Prezident deb eʼlon qilgan Venesuela oppozitsiyasi rahbari Xuan Guaydo tarafdorlari mamlakatning AQSHdagi elchixonasi hisob raqamlarini qoʻlga kiritgan, deb xabar bermoqda TASS Reuters agentligi manbasiga tayanib.

Venesuela oppozitsiyasi vakillari “Bizga hisoblar haqida maʼlumot berishdi”, degan. Ularning aytishicha Guaydo tarafdorlari hisob raqamidan foydalanish “imkoniyatiga ega” boʻlishiga qaramay, "barcha holatlarni eʼtiborga olgan holda, favqulodda konservativ yoʻl tutishgan». Oppozitsiya vakillari hisob raqamidagi mablagʻlardan foydalana olishlari mumkinligini aytib, buning uchun Venesuela qonunchiligidan ruxsat olish zarurligini taʼkidlashgan.

Yanvar oyi oxirida davlat departamenti, Amerika Guaydoga Nyu-York Federal zaxira banki va boshqa bir qator AQSH banklari hisobida saqlanayotgan Venesuela hukumati va markaziy bankining bir qancha aktivlarini nazoratga olishda yordam berganini maʼlum qilgan edi. 

943
OʻzA