O‘zA O`zbek

25.03.2020 Chop etish versiyasi

Gretsiyada karantin tartibini buzgan fuqarolarga jarima solinmoqda

Gretsiyada karantin tartibini buzgan fuqarolarga jarima solinmoqda

Gretsiyada kuni kecha mamlakat politsiyasi tomonidan karantin tartibiga amal qilmagan 766 kishiga jarima solindi, deyiladi RIA Novosti tarqatgan xabarda.

Gretsiyada dushanbadan boshlab koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida fuqarolarning juda zarur boʻlmasa koʻchada yurishiga taqiq joriy qilingan edi. Ushbu tartib 6-aprelgacha amalda boʻladi.

Faqat ishga, oziq-ovqat xarid qilishga, dorixona va vrach qabuliga borish mumkin. Shuningdek, uy hayvonlarini sayr qildirishga va alohida sport bilan shugʻullanishga ham ruxsat bor. Maqsadsiz koʻchaga chiqish uchun jarima miqdori 150 yevroni tashkil etadi. Mamlakatda maktablar, umumiy ovqatlanish muassasalari, muzey va teatrlar, sartaroshxonalar yopilgan. Faqat supermarketlar va aptekalar ishlab turibdi.

706
OʻzA