O‘zA O`zbek

01.02.2019 Chop etish versiyasi

Google 500 ming rubl jarima toʻladi

Google 500 ming rubl jarima toʻladi

Amerikaning Google korporatsiyasi Davlat federal axborot tizimiga (FGIS) qoʻshilmagani hamda Rossiyada taqiqlangan axborotlarni filtrlashdan bosh tortgani sabab jarma toʻladi, deb xabar bergan Rossiya nazorat qoʻmitasi matbuot kotibi Vadim Ampelonskiy TASS agentligiga. “Google jarima toʻladi. Mablagʻ tegishli hisob raqamiga kelib tushdi“, degan u.

Rossiya nazorat qoʻmitasi mamlakat qonunchiligiga rioya etmagani uchun Google dan 500 ming rubl jarima toʻlashni talab qilgan edi. Mavjud qonunchilikka binoan, qidiruv tizimi operatorlari qidiruv natijasiga koʻra topilgan maʼlumotdan iqtibos keltiriluvchi taqiqlangan internet sahifasini oʻchirib yuborishi lozim. Buning uchun esa ular bunday sahifalar roʻyxati mavjud boʻlgan FGISga ulanishi zarur. Bu talablar Google vakillariga bir necha bora tushuntirilgan. 

Bundan keyin ham kompaniya qonunchilik talablarini bajarmasa ikkinchi maʼmuriy ish ochiladi. Qoʻmita FGISga ulanish boʻyicha Googlega takroriy talabnoma yuborgan. Koʻrsatilgan talablarga rioya etmaslik 500 mingdan 700 minggacha boʻlgan jarima chorasini qoʻllash bilan bogʻliq maʼmuriy javobgarlikka olib keladi. 

1 114
G.Azimova, OʻzA