O‘zA O`zbek

10.07.2020 Chop etish versiyasi

Gonkongda COVID-19 tufayli maktablar qaytadan yopildi

Gonkongda COVID-19 tufayli maktablar qaytadan yopildi

Gonkongdagi barcha oʻrta taʼlim muassasalari koronavirusdan zararlanish holatlari yana koʻpayib ketganligi sababli qaytadan yopiladi. Bu haqda “South China Morning Post” gazetasi yozgan.

Nashrning maʼlum qilishicha, oxirgi sutka davomida Gonkongda 30 dan ziyod yangi bemorlar aniqlangani qayd etildi. Qizigʻi, ularning 11 nafari bir uyda yashagan.

Avvalgi xabarlarga qaraganda, Gonkongda epidemiyada davrida jami 1365 kishida virus chiqqan edi. 7 inson vafot etgani, 1176 bemor tuzalgani ham eʼlon qilingan.

1 418
OʻzA