O‘zA O`zbek

07.10.2019 Chop etish versiyasi

“Gollandiya” atamasidan voz kechiladimi?

“Gollandiya” atamasidan voz kechiladimi?

Niderlandiya hukumati mamlakatning ikkinchi nomi “Gollandiya” deb atalishidan voz kechishga qaror qildi. 

“Adformatie” portali xabariga ko‘ra, mamlakatning Niderlandiya nomi mamlakatda tashkil etilishi rejalashtirilgan “Yevrovidenie-2020”da faol tashviq qilinadi. 

Shuningdek, mamlakatning futbol jamoasi va Tokiodagi “Olimpiada-2020” musobaqalarida ishtirok etuvchi sport guruhlari ham o‘zlari uchun odatiy bo‘lgan “Gollandiya” degan nomdan voz kechishini ma’lum qilgan.

384
O‘zA