O‘zA O`zbek

21.09.2020 Chop etish versiyasi

Germaniyaning eng boy odami maʼlum boʻldi

Germaniyaning eng boy odami maʼlum boʻldi

“Lidl” va “Kaufland” supermarketlari tarmogʻi asoschisi Diter Shvars Germaniyaning badavlat kishilari roʻyxatini boshqarmoqda. 

“Welt am Sonntag” nashri shunday xulosaga keldi.

Ulkan muvaffaqiyatga erishgan “Kaufland” savdo va “Lidl” diskaunter tarmoqlarini yaratgan Shvarsning boyligi ayni payt 41,8 milliard yevroga teng. Savdo aylanmasi 113,3 milliard yevroni tashkil etadigan “Schwarz Group” guruhi esa mamlakatning eng badavlat oilaviy kompaniyasi sifatida eʼtirof etilgan.

Reytingning ikkinchi pogʻonasini “Jacobs Douwe Egberts” va “Coty” kompaniyalarida oʻz hissasiga ega Raymanlar oilasi egallab turibdi. Ushbu xonadon 21,45 milliard yevro sohibi hisoblanadi.

Kuchli uchlikni 20 milliard yevro mablagʻi bilan Volfgang Porshe oilasi band etgan.

Nashr yozishicha, Germaniyaning eng boy 1000 ta oilasi jami 1,1 trillion yevro yiqqan. Koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz ularning holatiga sezilarli taʼsir koʻrsatmagan. Yaʼni nemis puldorlarining umumiy boyligi oʻtgan yilga nisbatan atigi 0,76 foiz kamaygan, xolos.

2 532
O'zA