O‘zA O`zbek

11.08.2020 Chop etish versiyasi

Germaniyalik olimlar koronavirus yuqtirish ehtimolini qanday qilib kamaytirish mumkinligini maʼlum qildi

Germaniyalik olimlar koronavirus yuqtirish ehtimolini qanday qilib kamaytirish mumkinligini maʼlum qildi

Olimlarning aniqlashicha, ogʻiz boʻshligʻini chayish uchun ishlatiladigan suyuqlik koronavirus yuqtirish ehtimolini kamaytirar ekan. Bu haqda Rur universiteti saytida maʼlum qilindi.

Tadqiqotlar Boxumdagi Rur, Yena, Ulma, Duysburga-Essena, Nyurnberg va Bremen universitetlari olimlari hamkorligida oʻtkazildi. Tajriba natijalari shuni koʻrsatdiki, Sars-Cov-2 virusi toʻqimalari ogʻizni chayish uchun ishlatiladigan suyuqlik tufayli karaxt holga kelar ekan.

Tadqiqotchilar ogʻizni chayadigan oltita suyuqlikni Germaniya dorixonalarida sotiladigan turli ingrediyentlar bilan aralashtirib testdan oʻtkazdi. Ular ogʻizni chayish uchun ishlatiladigan har bir suyuqlikni Sars-Cov-2ning virus zarrachalari bilan arashtirdi va aralashmani ogʻizni samarali chayish uchun 30 soniya mobaynida chayqab turdi.

Natija shuni koʻrsatdiki, barcha suyuqlik virusning boshlangʻich titrlarini pasaytirgan. Ogʻiz ketma-ket uch marta chayilganidan keyin, virus titrlari shu darajada kamayganki, uni aniqlab boʻlmay qolgan.

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ogʻizni chayadigan suyuqlik virusni oʻldirmaydi, balki uning tarqalish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

“Ogʻizni suyuqlik bilan chayish virus toʻqimalarini ishlab chiqarishni toʻxtata olmaydi. Biroq maʼlum muddat yuqtirish ehtimoli katta boʻlgan ogʻiz boʻshligʻi va tomoqda virus koʻpayishini toʻxtatadi”, – dedi mazkur tadqiqotning yetakchi olimi Toni Meyster.

3 261
OʻzA