Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.01.2018 12:59 Chop etish versiyasi

Germaniyada Facebook taqiqqa uchrashi mumkin

Germaniyada Facebook taqiqqa uchrashi mumkin Germaniyada Facebook ta’qiqqa uchrashi mumkin Germaniya Kartellar bo‘yicha federal idorasi Facebook ijtimoiy tarmog‘iga qarshi sanksiyalar joriy qilinishini istisno etmayapti. Bu haqda idora rahbari Andreas Mundt ma’lum qildi, deya xabar qildi BELTA.

Facebookning o‘z foydalanuvchilari ma’lumotlarini ularni xabardor etmasdan to‘plashda ayblangani monopoliyaga qarshi kurashish mahkamasi tomonidan tergov harakatlari boshlanishiga sabab bo‘lgan.

“Ko‘ramiz, Facebook bizning tanqidlarimizga qanday munosabat bildirar ekan, – degan Mundt. – Idoraning kelgusi harakatlari shundan kelib chiqib o‘ylab ko‘riladi. Yoki Amerika kompaniyasi o‘z yechimini taklif etadi, yoki Germaniya aksilmonopol idorasi “foydalanuvchilarning uzil-kesil roziligisiz uchinchi manbalardan ma’lumotlarni to‘plash va foydalanish”ni ta’qiqlaydi”.

O‘zA
7 708