O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Germaniya Suriyaning tiklanishiga mablag‘ ajrata olmaydi

Germaniya Suriyaning tiklanishiga mablag‘ ajrata olmaydi

Germaniya, hozircha, Suriyadagi tiklanish ishlarida ishtirok etishi uchun zaruriy shart va sabablarni ko‘rmayapti, dedi Bundestagda mamlakat tashqi ishlar vaziri Xayko Maas.

“Rossiya bizni Suriyadagi tiklanish ishlarida qatnashishga undamoqda, biz Fransiya va Buyuk Britaniya bilan maslahat qilib, siyosiy jarayonlar natija bersagina u yerdagi ishtirokimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi, degan qarorga keldik”, dedi u.

Uning fikricha, Germaniya Ostona formatidagi davlatlar bilan oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazishi mumkin, lekin, “hozircha Suriyaning tiklanishiga mablag‘ ajrata olmaydi”.


398
O‘zA