O‘zA O`zbek

25.08.2018 13:55 Chop etish versiyasi

Gʻaroyib hodisa: qushlar tabiatni asrash ishlariga jalb qilindi

Gʻaroyib hodisa: qushlar tabiatni asrash ishlariga jalb qilindi
Fransiyaning Puy-du-Fu bogʻida mitti qora qargʻalar axlat va sigaret qoldiqlarini yigʻish ishlariga jalb qilindi. BBCning xabar berishicha, tabiatni asrashga oʻz hissasini qoʻshayotgan bu qushlarga maosh ham tayinlangan.

Hozirgi kunda sinov tariqasida ana shunday qushlarning oltitasi joylarda “tabiat himoyachilari” sifatida ish olib bormoqda.

Mahalliy aholining fikricha, qushlar insonlarga ular yoʻl qoʻyayotgan xatolarni toʻgʻrilashda ibrat boʻlmoqda.

– Bu yerda juda gʻalati ishlar sodir boʻlyapti. Hududimizning sanitariya holati havas qilguli emas. Aqlli qushlar esa insonning tabiatga salbiy taʻsiriga qarshi kurashmoqda. Bir qarashda quvonchli boʻlib koʻringan bu tadbirlar odamlarni yanada tanbal qilib qoʻyishi ham mumkin. Balki odamlar oʻz xatosini tushunar – deydi bogʻ atrofida istiqomat qiluvchilardan biri.

Qushlar parvoz qilish chogʻida turli maishiy chiqindilarni topib, ularni maxsus yogʻoch qutilarga tashlashadi. Tabiat himoyachilarining ishi shu tariqa kun boʻyi davom etadi.

Dilobar Mamatova, OʻzA
1 565