O‘zA O`zbek

11.09.2018 14:51 Chop etish versiyasi

Fransiyaning Lion aeroporti faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi

Fransiyaning Lion aeroporti faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi

Bunga politsiyadan qochayotgan shaxs aeroportning oynavand qismini avtomobil yordamida sindirib, terminal ichiga kirib olgani sabab boʻlgan, deya xabar bermoqda Sky News.

Huquqbuzar taʼqibdan qutulish maqsadida uchish yoʻlagi tomon harakatlana boshlagach, aeroport oʻz ishini toʻxtatishga majbur boʻlgan.

Jinoyatchi avtomobilni tark etib, voqea joyidan yashirinishga uringan. Biroq koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida u qoʻlga olingan.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA
1 207