O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Fransiyalik shaxmatchilar Murmanskda “qamalib” qolishdi

Fransiyalik shaxmatchilar Murmanskda “qamalib” qolishdi

Rossiyaning Murmansk shahriga xalqaro turnirda ishtirok etish uchun kelgan fransiyalik shaxmatchilar koronavirus tufayli karantinga olindi. Bu haqda “Reyter” axborot agentligi xabar bergan.

Faranglar jamoasi 12-mart kuni Murmanskka yetib kelgan. Ular musobaqa dasturiga koʻra Rossiya, Niderlandiya va Irlandiya terma jamoalari bilan uchrashishlari kerak edi. Afsuski, irlandiyalik ishtirokchida kasallik aniqlanganligi sababli barcha oʻyinlar bekor qilindi.

Ayni payt fransuzlar Murmansk shifoxonalaridan birida saqlanyapti. Rossiyada 27-mart, juma kuni barcha xalqaro qatnovlar toʻxtatilganligi bois, ular vataniga qayta olishmayapti. Jamoa vakillaridan birining taʼkidlashicha, sportchi va murabbiylar yaqin orada mamlakat Moskva shahriga yetib olishni moʻljallashyapti. Har holda, poytaxtda Fransiya elchixonasida yashab turishlari mumkin boʻladi.

809
OʻzA