Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.05.2018 16:17 Chop etish versiyasi

Fransiyadagi muzey kolleksiyasining yarmi qalbaki ekani ma’lum bo‘ldi

Fransiyadagi muzey kolleksiyasining yarmi qalbaki ekani ma’lum bo‘ldi
"The Guardian" internet nashrining xabar berishicha, Fransiya janubidagi Etienne Terrus muzeyi tarixiy san’at asarlarining 80 dan ortig‘i qalbaki bo‘lib chiqdi.

Shahar meri buni “kichik shaharcha uchun katta talofat”, deb ta’riflagan va firibgarlarni qo‘lga olishga va’da bergan.

8000 na yaqin aholiga ega Elne shaharchasidagi ushbu muzey 1857-1922 yillarda yashab ijod qilgan mahalliy rassom Etienne Terrusga bag‘ishlab ochilgan. Shaharcha ma’muriyati tashabbusi bilan keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilgandan so‘ng juma kuni muzey qayta ochilgan edi. Biroq ta’mirdan keyin asarlarni qayta joylashtirish uchun jalb qilingan mutaxassis asarlarning 140 tadan 82 tasi, ya’ni 60 foizga yaqini qalbaki ekanligini bilib qolgan. 

Asarlar soxtaligini topgan tarixshunos mutaxassis Erik Forkada bir asardagi muallif imzosini oq qo‘lqop bilan ishqalaganda siyoh surkalib ketgan. U hudud ma’muriyatini bu haqida ogohlantirgan va tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar guruhini tashkil etishni so‘ragan.

O'zA
2 724