O‘zA O`zbek

11.09.2018 11:24 Chop etish versiyasi

Fransiyada tabiat himoyachilari avtomagistral qurilishiga qarshi

Fransiyada tabiat himoyachilari avtomagistral qurilishiga qarshi

Fransiyaning Strasburg shahri yaqinida yangi avtomobil yoʻli qurilishi boshlandi. Biroq mahalliy aholi bundan norozi. 

Gap shundaki, odamlar ushbu loyiha qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazib, ayrim jonivorlarning qirilib ketishiga sabab boʻladi, degan xavotirda.

Ushbu avtomagistral qurilishi haqidagi qaror avgust oyida, mahalliy davlat organi tomonidan tasdiqlagan. Unga koʻra, 24 kilometrlik avtomobil yoʻli qurish rejalashtirilgan.

Dilobar Mamatova, OʻzA
1 091