O‘zA O`zbek

29.07.2019 11:29 Chop etish versiyasi

Fransiyada 500 ta avtomobil yonib ketdi

Fransiyada 500 ta avtomobil yonib ketdi

Fransiyasharqidagi  Yonn departamentining Oser shahrida joylashgan mashina saqlanuvchi ombordagi 500 ta avtomobil yonib ketdi. Bu haqda France Bleu radiostansiyasi maʼlumot beradi.

Yongʻin ombor yaqinidagi mashina turar joyidan chiqib, keyin unga koʻchgani aytilmoqda. 80 nafarga yaqin oʻt oʻchiruvchi va 10dan ortiq texnik vosita ishga tushirilgan. Yongʻin natijasida hech kim jabrlanmagan, lekin 500 ta avtomobil yonib ketgan, mingga yaqin mashina saqlab qolingan. Yongʻin sabablari aniqlanmoqda.

OʻzA
532