O‘zA O`zbek

05.09.2018 12:26 Chop etish versiyasi

Fransiya taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning uyali aloqa vositalaridan foydalanishlari taqiqlandi

Fransiya taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning uyali aloqa vositalaridan foydalanishlari taqiqlandi

Mamlakat hukumati taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning boshqaruv tizimini yaxshilash, turli huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida yangi oʻquv yilidan boshlab boshlangʻich va oʻrta taʼlim bosqichida oʻquvchilarning uyali aloqa vositalaidan foydalanishlarini taqiqladi, deyiladi Sky News saytida.

Ammo, imkoniyati cheklangan oʻquvchilar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda istisno tariqasida taʼlim muassasida qoʻl telefonlaridan foydalanishga ruxsat berildi.

Oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, ayrim ota-onalar bu qarorni yoʻqlashmagan. Fransuz jamiyati aʼzolari bunga oʻz farzandalari xavfsizligi va ularni nazorat qilish imkoniyatidan mahrum boʻlish sifatida baho bergan. Biroq aksar ota-onalar hukumat qarorini qoʻllab-quvvatlagan.

Taʼlim vaziri Jan Mishel Blankening fikricha yangi tartib oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, dars jarayonlari samaradorligini oshirish hamda oʻquvchilar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA
1 597