Amerikaning Florida shtati, Parkland shahridagi Marjory Stoneman Douglas High School maktabida 14-fevral kuni otishma yuz berdi.

Amerikaning Florida shtati, Parkland shahridagi Marjory Stoneman Douglas High School maktabida 14-fevral kuni otishma yuz berdi. Bu haqda Fox News xabar tarqatdi. Otishma oqibatida 17 nafar kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, otishma 1999-yilda tug‘ilgan Nikolas Kruz ismli shaxs tomonidan sodir etilgan. Nikolas Kruz avval shu maktabda o‘qigan, qoidabuzarligi uchun maktabdan chetlatilgan.

Senator Bill Nelson televideniyega bergan intervyusida Nikolas Kruz otishma sodir etishida maktabning yong‘in xavfsizligi qurilmasi qo‘l kelganini aytgan.

“U yong‘in xavfsizligi qurilmasini ishga tushirgan. Oqibatda maktab o‘quvchilari yong‘in sodir bo‘lyapti degan o‘yda, sinf xonalaridan yo‘laklarga chiqishgan. Tutun tarqatuvchi granatalardan foydalangan jinoyatchi maktab o‘quvchilari orasida osonlik bilan sarosima uyg‘otgan va o‘quvchilarga qarata avtomatdan o‘q uzgan”.

Okrug politsiyasi boshlig‘i Brovard Skotta Israelyaning so‘zlariga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar soni 17 kishini tashkil etadi, shundan 12 nafarining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Shuningdek, 16 kishi jabrlangan. Huquq-tartibot xodimlari jinoyatchini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Floridadagi maktabda otishma: tafsilotlar ma’lum