Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.08.2018 14:52 Chop etish versiyasi

Finlandiyada falokat: avtobus koʻprikdan quladi, qurbonlar bor

Finlandiyada falokat: avtobus koʻprikdan quladi, qurbonlar bor
Finlandiyaning Kuopio shahridagi koʻprik ustida harakatlanayotgan avtobus temir yoʻl tarmogʻi ustiga qulashi oqibatida avtohalokat sodir boʻldi.

Bu haqda Sharqiy Finlandiya politsiyasiga asoslanib TASS xabar bermoqda.

Dastlabki maʻlumotga koʻra, ushbu voqea oqibatida toʻrt kishi halok boʻlgan, 20 nafar yoʻlovchi esa Kuopio universiteti shifoxonkasiga yetkazilgan.

Voqea mahalliy vaqt bilan taxminan 15:00lar atrofida sodir boʻlgan.

Ilta-Sanomat gazetasida yozilishicha, halokatga avtobusning tormoz qismidagi nosozlik sabab boʻlgan.

Voqea joyida transport harakati toʻxtatilgan, surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Dilobar Mamatova, OʻzA
1 704