“Oʻzbekkino” Milliy agentligining “Respublika kinoprokat markazi” milliy filmlarimizni xalqaro miqyosda taqdim etishi kutilmoqda

Joriy yilning 18-21 mart kunlari Xitoyning Gonkong shahrida oʻtkaziladigan 23-Xalqaro kino va televizion filmlar “FILMART”(Hong Kong International Film & TV Market) kinobozorida “Oʻzbekkino” Milliy agentligining “Respublika kinoprokat markazi” milliy filmlarimizni xalqaro miqyosda taqdim etishi kutilmoqda.

Xalqaro “FILMART” kinobozori Osiyoning eng yirik kinoindustriya tadbirlaridan biridir. 2018 yilda AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Koreya, Yaponiya, Hindiston kabi dunyoning jami 37 ta mamlakatidan 850 nafar ishtirokchilarning 8700 dan ortiq ilgʻor kino ishlab chiqaruvchi –xaridor kompaniyalari ishtirok etgani tadbirning nufuzini koʻrsatib beradi.

photo5197335385565408113.jpg

“FILMART” kinobozori yutugʻining siri Entertainment Expo doirasida Osiyo kinofestivali, raqamli kino va telekontent koʻrgazmalari hamda kinomahsulotlar, zamonaviy texnologiyalarga bagʻishlangan moliyaviy va investitsiyaviy forumlarni oʻzida birlashtiradigan yagona platformada oʻtkazilishidadir.

Mazkur tadbirda 2017-2018 yillarda davlat buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilgan badiiy, hujjatli va qisqa metrajli milliy filmlarimiz taqdimotini oʻtkazish bilan birga ularni xalqaro kinoprokatga chiqarish, chet mamlakatlar telekanallariga sotish va xorijiy filmlarni yurtimizdagi kinoprokatini yoʻlga qoʻyish masalalari oʻrin olgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbek milliy filmlari xalqaro kino bozorlarda taqdim etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ”Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“FILMART”da oʻzbek filmlari taqdim etiladi