O‘zA O`zbek

17.09.2018 10:31 Chop etish versiyasi

Filippindagi kuchli toʻfon oʻnlab inson hayotiga zomin boʻldi

Filippindagi kuchli toʻfon oʻnlab inson hayotiga zomin boʻldi

Filippindagi “Mangxut” toʻfonida qurbon boʻlganlar 65 nafarga yetdi, bedarak yoʻqolganlar 16 nafarni tashkil etmoqda.

RIA Novostining mahalliy OAVga asoslanib xabar berishicha, tabiiy ofatda halok boʻlganlarning aksariyati Filippinning maʼmuriy hududi Kordilyerdan.

Oʻtgan haftaning juma kunida mamlakatning shimoli-sharqiy sohillariga “Mangxut” toʻfoni yopirilgan edi. Filippin atmosfera, geofizika va astronomiya xizmatlari boshqarmasi (PAGASA)ning ogohlantirishicha, arxipelagning baʼzi orollarida shamol tezligi soatiga 170 kilometrga yetishi, Luson shimolidagi toʻlqinlar balandligi 6 metrga chiqishi mumkin. Bundan tashqari, kuchli yogʻingarchilik kutilmoqda, suv toshqinlari xavfi mavjud.

Mahalliy hukumat maʼlumotlariga koʻra, “Mangxut” toʻfoni hududdagi 250 mingdan ziyod aholi hayotiga jiddiy xavf solgan. Hozirda ularning yarmi evakuatsiya qilingan.

Malohat Husanova, OʻzA
1 306