O‘zA O`zbek

12.02.2019 Chop etish versiyasi

Fan olamida yangi mineral kashf qilindi

Fan olamida yangi mineral kashf qilindi

Sibir federal universiteti dotsenti Gennadiy Shvedov tarkibida nikel moddasi boʻlgan yangi mineralni kashf qildi. 

Bu haqda RIA Novosti Sibir federal universiteti matbuot xizmatiga asoslanib maʼlum qildi. 

Qayd etilishicha, yangi mineralning kashf etilgani Xalqaro mineralogiya assotsiatsiyasi tomonidan yanvarda rasman tan olingan. 

Maʼlum boʻlishicha, Shvedov yangi mineralni Avstriya, AQSH, Kanada, Italiya, Germaniya va Buyuk Britaniya olimlari bilan Baykal koʻli hududidagi maʼdanlarni oʻrganayotgan chogʻida aniqlagan. Dastlab topilmani koʻl sharafiga “baykalit” deb nomlashmoqchi boʻlishadi. Ammo, bu nom hali rasman tan olinmagan boshqa bir yangi mineralga berilgani uchun Shvedov minerali “ognitit” nomini oldi. 

Ognitit sulfotuzlar sinfiga mansub boʻlib, uning formulasini NiBiTe tarzida qayd etish mumkin. Yangi mineral tarkibida nikel 14,85, vismut 52,87, tellur 32,28 foizni tashkil etadi. 

899
Malohat Husanova, OʻzA