O‘zA O`zbek

01.02.2019 Chop etish versiyasi

Facebook va Twitter Rossiya, Venesuela va Eron bilan bogʻliq yuzlab akkauntni yoʻq qilgan

Facebook va Twitter Rossiya, Venesuela va Eron bilan bogʻliq yuzlab akkauntni yoʻq qilgan

INTERFAX.RU ning xabar berishicha Facebook va Twitter bir vaqtning oʻzida oʻz ijtimoiy tarmoqlaridan goʻyoki Eron manfaatlariga xizmat qiluvchi kampaniya bilan bogʻliq yuzlab akkauntni yoʻq qilgani haqida maʼlum qilgan. 

Facebook payshanba kuni Facebook va Instagramda hisobga olingan “xulq-atvori shubha tugʻdirgan“ 783 yozishmani toʻxtatgani haqida maʼlum qildi. Akkauntlar faolligi “Erondan yoʻnaltirilgan“i taʼkidlangan. Ijtimoiy tarmoqning maʼlum qilishicha, sahifalar faolligi birinchi navbatda Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo hamda AQSHga yoʻnaltirilgan. 

Xuddi shu kuni Twitter ham oʻzini goʻyoki amerikalik yoki yangiliklar agentligi sifatida koʻrsatayotgan bir qancha Eron akkauntlarini yoʻq qilgani haqida axborot berib, 2018 yilning noyabrida AQSH Kongressiga boʻlib oʻtgan oraliq saylovlarga taʼsir qilishga urinish sifatida taxmin qilingan olti mingga yaqin yozishmani oʻchirib yuborganini ham maʼlum qilgan. Saylovlarga taalluqli yolgʻon xabarlarning asosiy qismi AQSH hududida yaratilgan boʻlishiga qaramay ularning ayrim manbalari Eron, Venesuela va Rossiyada joylashgani taʼkidlangan.

Twitter shuningdek, mamlakat Prezidenti nomidan Venesuela aholisiga yoʻnaltirilgan “goʻyoki davlat tomonidan qoʻllanayotgan taʼsir kampaniyasi”ga taalluqli deb gumon qilingan Venesueladan tarqatilgan akkauntlar tizimini ham yoʻq qilgan.

1 127
G.Azimova, OʻzA