O‘zA O`zbek

14.04.2019 12:32 Chop etish versiyasi

Facebook aksionerlari Sukerbergni boshqaruv kengashi raisi lavozimidan isteʼfoga chiqarishni taklif etishdi

Facebook aksionerlari Sukerbergni boshqaruv kengashi raisi lavozimidan isteʼfoga chiqarishni taklif etishdi

Mark Sukerbergni Facebook boshqaruv kengashi raisi lavozimidan olib tashlash uchun navbatdagi tashabbus ushbu kompaniya aksiyadorlarining yillik yigʻilishi oldidan kiritildi. Kompaniya aksiyadorlari tomonidan AQSHning qimmatbaho qogʻozlar va birjalar boʻyicha komissiyasiga 12 aprel kuni joʻnatilgan xabarnomasida bu alohida qayd etilgan, deb yozmoqda TASS.

“Facebook bosh direktori Mark Sukerberg 2012 yildan buyon boshqaruv kengashiga raislik qilmoqda. Ikkinchi toifadagi aksiyalar unga ovoz berish imkonini beruvchi 60 foiz aksiyalarga egalik qilish imkonini beradi. Agarda mustaqil direktor tayinlanganda ham Sukerbergning vakolati ustidan nazorat cheklangan. Bu holat esa Facebook rahbariyati va uning boshqaruvini nazorat qilishni zaiflashtiradi”, deyiladi xabarda.
Murojaatda bu kabi takliflar bir necha marotaba kiritilgani eslatib oʻtiladi. Sukerbergning oʻrniga mustaqil raisni tayinlash tashabbusi 2018 yil yozida ham eʼlon qilingandi.

Yigʻilish 30 mayda oʻtishi kerak. Kompaniya rahbariyati va boshqaruvining qarorlari sababli kompaniya qiymati 2018 yil iyuldan boshlab 40 foizga qadrsizlanib ketgan, deb hisoblashmoqda tashabbus mualliflari. Bundan tashqari, ular baʼzi aksiyadorlarga kam ovoz berilishidan shikoyat qilishgan.

OʻzA
872