O‘zA O`zbek

24.03.2020 Chop etish versiyasi

Estoniya prezidenti Yevropa Ittifoqini tanqid qildi

Estoniya prezidenti Yevropa Ittifoqini tanqid qildi

Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd, koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir murakkab vaziyatda Yevropa Ittifoqi oʻzining asosiy vazifasini bajara olmayapti, yaʼni yagona Yevropa bozori faoliyatini taʼminlay olmayapti, deya bayonot berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.

“Yevropa Ittifoqining asosiy vazifasi shundan iboratki, tuzilma yagona iqtisodiy hududda ishchi kuchi, mahsulotlar, xizmatlar va kapitalning erkin harakatini taʼminlab berishi kerak. Bu borada hozir bizda muammolar yetarli“, — degan Prezident ETV davlat telekanalining “Esimene Stuudio” dasturi orqali.

Kalyulaydning soʻzlariga koʻra, koʻplab davlatlar oʻz mahsulotlarini chegaralar orqali boshqa mamlakatlarga oʻtkazishga tayyor. Masalan, Estoniya bilan faol hamkorlik qiladigan Germaniya mamlakatning Polsha bilan chegarasida ushlanib qolgan Boltiq boʻyi respublikalari fuqarolarini dengiz orqali qisqa fursatda uylariga qaytarish uchun sharoit yaratib berdi.

“Ushbu holatda, toʻgʻrisi, bizga YEIning umumiy tamoyillariga rioya qilinishi emas, balki ikki tomonlama kelishuvlarimiz foyda berdi. Qisqasi, hozirgi birmuncha qiyin vaziyatda juda koʻp odamlarda Yevropa Ittifoqining birdamligiga nisbatan turli savollar tugʻilmoqda“, — deya qoʻshimcha qilgan Estoniya rahbari.

1 131
OʻzA