O‘zA O`zbek

02.10.2018 Chop etish versiyasi

Eronning birinchi vitse-prezidenti oʻz xalqidan kechirim soʻradi

Eronning birinchi vitse-prezidenti oʻz xalqidan kechirim soʻradi

Eron Islom Respublikasi (EIR)ning birinchi vitse-prezidenti Isʼhoq Jahongiriy mamlakatda mavjud muammolar uchun oʻz xalqidan kechirim soʻradi, deb yozadi “Anadoʻli” agentligi ISNA tarqatgan xabarga asoslanib.

“Eronga psixologik bosim oʻtkazilmoqda. Baʼzilar bundan foydalanib qolishga harakat qilayotir. Men mamlakatda mavjud muammo va kamchiliklar uchun xalqdan kechirim soʻrayman” degan Isʼhoq Jahongiriy EIRda 1 ming 700 ta maktab ochilayotgani munosabati bilan Tehronda boʻlib oʻtgan marosimda. 

Shuningdek, birinchi vitse-prezident Eron xalqining farovonlik darajasi yomonlashganiga ham iqror boʻlgan. Uning soʻzlariga koʻra, bunga sabab AQSH sanksiyalaridir. Bundan tashqari hukumatning xato dasturi ham shu holatga olib kelgan. Agar, amalda toʻgʻri natijalarni beruvchi dastur ishlab chiqilsa, mamlakatdagi muammolarni yechish mumkin boʻladi.

2 295
Malohat Husanova, OʻzA