O‘zA O`zbek

01.07.2020 Chop etish versiyasi

Eronda OAV rahbari xorijiy razvedkadan yordam olgani uchun oʻlim jazosiga hukm qilindi

Eronda OAV rahbari xorijiy razvedkadan yordam olgani uchun oʻlim jazosiga hukm qilindi

Erondagi yangiliklar portali rahbari chet el razvedkasidan yordam olgani uchun oʻlim jazosiga hukm qilindi, deb xabar qildi mamlakat sud hokimiyatining rasmiy vakili Gʻoʻlomxusayn Ismoiliy.

Tasnim agentligining maʼlumot berishicha, mazkur hukm yakuniy emas, ayblanuvchi shikoyat qilishi mumkin.

2019-yil oktyabr oyi oʻrtalarida Islom inqilobi posponlari korpusi (Ushbu tuzulma Eron qurolli kuchlarining bir qismi hisoblanadi) “Amad Nyuz” yangiliklar portalining rahbari Ruhillo Zam hibsga olingani haqda maʼlum qilgan edi. Zam 2017-dekabrdan 2018-yanvargacha butun Eronda boʻlib oʻtan noroziliklarni faol yoritib borgan edi.

IRNA agentligining taʼkidlashicha, Zam “inqilobga qarshi faoliyati” uchun hibsga olingan. Xabarda taʼkidlanishicha, uning harakatlarini Fransiya razvedkasi boshqarib turgan, u shuningdek, AQSH va Isroil razvedka xizmatidan ham yordam olib turgan.

Assoshiyeyted Press agentligining xabar berishicha, Ruhillo Zam Parijda quvgʻinda yashab kelayotgandi. Biroq xabarda u qayerda va qanday qilib hibsga olingani haqda aniqlik kiritilmagan.

2 348
OʻzA