O‘zA O`zbek

09.11.2019 Chop etish versiyasi

Eron yadroviy qurolini bir necha kun ichida yaratishi mumkin

Eron yadroviy qurolini bir necha kun ichida yaratishi mumkin

Isroilning tashqi va ichki razvedka xizmati maʼlumotiga koʻra, Eron oʻz yadroviy qurolini bir necha oy ichida emas, balki bir necha hafta yoki bir necha kun ichida yaratishi mumkin.

Bu haqda Isroilning “KAN Reshet-bet” radiostansiyasi axborot manbasi xabar bergan.

“Ynet” axborot portali xabarida aytilishicha, razvedka xizmatining mazkur maʼlumoti AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Eronning yadroviy muhitdagi saʼy-harakatlariga nisbatan xalqaro hamjamiyat fikri muhimligini aytganidan keyin maʼlum qilingan.

474
OʻzA