O‘zA O`zbek

05.11.2019 Chop etish versiyasi

Eron uran ishlab chiqarishni ikki baravariga ko‘paytirdi

Eron uran ishlab chiqarishni ikki baravariga ko‘paytirdi

AQSh Yadroviy dasturga oid xalqaro kelishuvdan chiqib ketganidan so‘ng, o‘z majburiyatlari miqyosini qisqartirib borayotgan Eron so‘nggi ikki oy davomida uran ishlab chiqarishni ikki baravariga ko‘paytirdi.

“Dastur bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirishning uchinchi bosqichida uran ishlab chiqarish kuniga 450 gramm bo‘lgan bo‘lsa, hozirda kuniga 5 ming gramm ishlab chiqarilmoqda”, dedi Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Salohiy.

Uning so‘zlari mamlakat televideniesida orqali ommaga yetkazilgan.

340
O‘zA