O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Eron qator mamlakatlarning sanksiyalarni bekor qilish tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi

Eron qator mamlakatlarning sanksiyalarni bekor qilish tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi

Eron tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Abbos Musaviy Rossiya va yana yettita davlatning koronavirusga qarshi kurashga toʻsqinlik qilayotgan sanksiyalarni bekor qilish haqida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterreshga yoʻllagan maktubini yuqori baholadi, deb xabar beradi ISNA agentligi.

Oʻtgan payshanba kuni Rossiya, Xitoy, Eron, Suriya, KXDR, Kuba, Nikaragua va Venesueloning BMTdagi doimiy vakillari Bosh kotib Antoniu Guterresh nomiga mamlakatlarning koronavirusga qarshi kurashiga toʻsqinlik qilayotgan sanksiyalarni toʻlaligicha bekor qilishni talab qilishni soʻrab maktub yoʻllagan edi.

“BMT Bosh kotibi nomiga maktub yozgan mamlakatlarning hatti-harakatlari oʻziga xos muhim ahamiyatga ega. Umid qilamizki, xalqaro hamjamiyat nafaqat koronavirus sharoitida, balki oddiy holatlarda ham AQSH tomonidan qoʻllanilayotgan shafqatsiz va noinsoniy sanksiyalariga qarshi toʻgʻri harakatlarni amalga oshiradi. Bu nafaqat Eronga nisbatan, balki boshqa mustaqil davlatlarga qarshi qabul qilingan sanksiyalarga ham tegishlidir“, — dedi Musaviy.

Uning taʼkidlashicha, ushbu qadamlar juda muhim va mamlakatlar amerikaning “qaroqchilik” harakatlariga qarshi zarur choralarni koʻrish uchun ittifoq tuzadilar.

930
OʻzA