O‘zA O`zbek

05.06.2020 Chop etish versiyasi

Eron hukumati amerikalik Maykl Uaytni ozod qildi

Eron hukumati amerikalik Maykl Uaytni ozod qildi
Eronda hibsga olingan Amerika harbiy dengiz kuchlari veterani Maykl Uayt ozod qilindi va u Erondan Shveysariyaga uchib ketdi, keyin u AQSHga yoʻl oladi, deb xabar qiladi Assoshiyeyted Press agentligi.

Xabarda aytilishicha, Maykl Uayt vataniga Shveysariya hukumatiga qarashli samolyotda yetib oladi. AQSHning Eron boʻyicha maxsus vakili Brayan Xuk Uaytni qarshi olish va AQSHgacha kuzatib borish uchun vrachlar bilan birga Syurixga joʻnab ketdi.

Bundan avvalroq Eron hukumati 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan amerikalik Maykl Uaytga tibbiy taʼtil bergan edi. Chunki u turmada koronavirusga chalingan va Tehrondagi Shveysariya elchixonasiga topshirilgan edi.

Uayt 2019-yil mart oyida Eron rahbariyatini haqorat qilganlikda ayblanib 13 yilga qamalgandi.

2 304
OʻzA