O‘zA O`zbek

03.08.2018 11:45 Chop etish versiyasi

Endi Ukrainada havo desantchi qo‘shinlari kuni nishonlanadi

Endi Ukrainada havo desantchi qo‘shinlari kuni nishonlanadi
Ukrain xalqi unutayozgan havo desantchi qo‘shinlari kuni endi mamlakatda 21-noyabr sanasida nishonlanadigan bo‘ldi, deb xabar beradi ”Obozrevatel.ua“ sayti.

3-avgust kuni Rossiyaning Ria novosti sayti bergan xabarga ko‘ra, Rossiyada 2-avgust kuni nishonlanadigan havo desantchi qo‘shinlari kuni ukrain xalqining shuuriga singgan. Ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘plab ukrain tili va gerbi ostida ukrain xalqi bu bayramni qadrlashini, bu kunni nishonlash uchun rossiyaliklarga yelkadosh ekanligi mazmunida murojaatlar bildirilgan.

2017-yil noyabr oyida mamlakat rahbari Pyotr Poroshenko 21-noyabr sanasini mamlakatda havo desantchi qo‘shinlari kuni sifatida nishonlanishi, shu yilning may oyida havo desantchi qo‘shinlari nomi hujumchi-desant qo‘shinlari nomiga o‘zgartirilishi yuzasidan qonun imzoladi. Shuningdek, qonunda desantchilarning bosh kiyimlari NATO o‘rnatgan me’yor asosida to‘q qizil rangda bo‘lishi ta’kidlangan.

Zuhra Mirzaboyeva

2 845