O‘zA O`zbek

01.08.2020 Chop etish versiyasi

Emomali Rahmon fuqarolarni pandemiya davrida yana-da hushyor boʻlishga chaqirdi

Emomali Rahmon fuqarolarni pandemiya davrida yana-da hushyor boʻlishga chaqirdi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon oʻz xalqini Qurbon hayiti bilan tabriklar ekan, bu galgi bayram insoniyat uchun jiddiy muammo boʻlib turgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash sharoitida nishonlanayotganiga eʼtibor qaratdi.

“Pandemiya tarqalishining oldini olish har bir insonning fuqarolik burchi va har bir kishi jamiyat sogʻligini himoya qilish maqsadida shu yoʻnalishda oʻz vazifasini vijdonan bajarishi lozim. Shu bois muqaddas Qurbon hayiti bayramida mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi bergan tavsiyalarga hamda hukumatning koronavirus tarqalishini bartaraf qilish maqsadida qabul qilgan hujjatlariga ogʻishmay amal qilish bevosita xalqimiz manfaatiga xizmat qiladi”, dedi Tojikiston rahbari.

Ushbu murakkab davrda odamlar har qachongidan ham ehtiyot va hushyor boʻlishi, shaxsiy gigiyenaga jiddiy munosabatda boʻlib, oila aʼzolari, yaqinlari va qoʻshnilari haqida qaygʻurishi lozim. Yetim va nogironlar, kam taʼminlangan oilalar, motam tutayotgan kishilar haqida unitmaslik kerak, deyiladi prezident tabrigida.

2 764
OʻzA