O‘zA O`zbek

16.04.2019 12:03 Chop etish versiyasi

Emari aviabazasiga Britaniya vertolyotlari olib kelindi

Emari aviabazasiga Britaniya vertolyotlari olib kelindi

Estoniyaning Emari aviabazasiga Britaniyaning ko‘p maqsadli AW159 Wildcat vertolyotlaridan to‘rttasi olib kelindi. 

Estoniyaning “Postimees” gazetasi xabariga ko‘ra, vertolyotlarning asosiy vazifasi – Tapa shahridagi ittifoqchilarning harbiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 

Bunday vertolyotlar hujum va razvedka vazifalarni amalga oshirishga ixtisoslashgan. 

Aprelning ikkinchi yarmida “Apache” vertolyotlaridan beshtasi kelib qo‘shilishi ham ma’lum qilingan. 

O‘zA
411